30/06/2026

Andijon viloyati statistika boshqarmasida matbuot anjumani o‘tkazildi

Bugun Andijon viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning yanvar-may oylari davomida kelib tushgan murojaatlar tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.



Unda boshqarmaning murojaatlar bilan ishlash va ijro intizomi nazorati bosh mutaxassisi Boynayev Ulug‘bek hisobot davridagi asosiy ko‘rsatkichlarni ochiqladi.



Asosiy raqamlar:

5 oyda jami 48 ta murojaat kelib tushdi va barchasi o‘z vaqtida, ijobiy hal etildi. Rad etilgan holatlar mavjud emas.

Murojaat qiluvchilarning 32 tasi yuridik, 16 tasi esa jismoniy shaxslardir.

Eng ko‘p murojaat ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar (32 ta) hamda hisobotlarni to‘ldirish va taqdim etish (9 ta) masalalarida bo‘lgan.

Anjumanda aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tizimi yanada kuchaytirilishi alohida ta’kidlandi.

Ishonch telefoni: 74 224-80-01 | Sayt: www.andstat.uz

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya