Andijon viloyati statistika boshqarmasida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi.
Joriy yilning 17-aprel kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarmaning bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-sonli Farmonining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi:

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-maydan boshlab shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq Prezidentning Virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha vaqt nazorati rejimi o‘rnatiladi, bunda ko‘rib chiqishning belgilangan muddati o‘tgan murojaatlar ijro uchun avtomatik tarzda yuqori turuvchi davlat organiga o‘tadi. Murojaatlar «shoshilinch», «oddiy», «maslahat olishni talab qiladigan» toifalarga ajratilib, nazoratga qaytarilgan murojaatlar uch ish kuni ichida yuqori turuvchi organlar tomonidan qaytadan o‘rganib chiqiladi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.




