16/04/2026

2 oyda 3,8 mingdan ziyod o‘zbekistonliklar Malayziyaga borgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-fevral oylarida 3 834 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Malayziyaga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 824 nafarga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

sayohat – 3 617 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 181 nafar;

o‘qish – 30 nafar;

xizmat yuzasidan – 6 nafar.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya