16/04/2026

Haftaning har payshanba kuni — "Yoshlar kuni" munosabati bilan 16-aprel kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi Nodirbek To'xtaboyev ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi Nodirbek To'xtaboyev bugun Paxtaobod tumani Xayraobod MFY hududida va Paxtaobod tumanidagi 8-umumtaʻlim maktabida yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvlar davomida yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, bandlik, kasb-hunar o‘rganish va ijtimoiy himoya masalalari atroflicha o‘rganildi. Muloqot yakunida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar yuzasidan aniq muddatli chora-tadbirlar belgilanib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya