2026 yil 1 mart holatiga ko'ra Andijon viloyatida 27 533 ta korxona va tashkilotlar mavjud.
Andijon viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, 2026 yil 1 mart holati bo'yicha Andijon viloyatida 27 533 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda.
Bu ko'rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 5,9 % ga oshgan.

Korxona va tashkilotlarning iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha soni quyidagicha:
Savdo – 8 181 ta
Sanoat – 4 706 ta
Qurilish – 1 748 ta
Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar – 1 336 ta
Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi – 1 318 ta
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko'rsatish – 1 251 ta
Tashish va saqlash – 764 ta
Axborot va aloqa – 473 ta
Boshqa turlar – 7 756 ta




