“Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Iqtidorli va salohiyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish hamda Milliy statistika qo‘mitasi uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida e’lon qilingan “Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi” tanlovi yakunlandi.
Tanlov jarayonida nomzodlar quyidagi mezonlar asosida baholandi:
– statistika, iqtisodiyot, matematika va axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlari hamda analitik fikrlash qobiliyati;
– IQ darajasi;
– akademik ko‘rsatkichlari (GPA);
– xorijiy tillarni bilish darajasi;
– ilmiy va ijtimoiy faolligi;
– suhbat jarayonidagi kasbiy va shaxsiy kompetensiyalari.
Tanlov komissiyasi qaroriga ko‘ra, 2025–2026-o‘quv yilining 2-semestri uchun quyidagi 10 nafar eng munosib nomzod g‘olib deb topildi:
▶Salayeva Umida Qudrat qizi — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi
▶Soyibova Ruxshona Muzaffar qizi — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
▶Mirzayeva Malika Murod qizi — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
▶Amanova Durdona Zoir qizi — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
▶Alijonov Muhammadullo Komiljon o‘g‘li — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
▶Rajabova Malika Nuriddin qizi — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
▶Kaypova Nursulu Nurgeldi qizi — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
▶Soatov Muxtor Botir qizi — Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi
▶Begimqulova Go‘zal Bekjon qizi — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
▶Avazova E’zoza — Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti talabasi
Milliy statistika qo‘mitasi barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda g‘oliblarni samimiy muborakbod etadi.




