Korrupsiya – jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi illat

Andijon viloyati statistika boshqarmasida tizimda halollikni ta’minlash, korrupsiyani oldini olish va ijro intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘z olgan boshqarma boshlig‘i Nodirbek To‘xtaboyev tizimda halollik va vijdonan mehnat tamoyillariga qat’iy rioya etish har bir xodimning burchi ekanini ta’kidladi.
Korrupsiya – davlatning, jamiyatning barqaror rivojlanishi va fuqarolarning ishonchiga putur yetkazuvchi eng xavfli illatdir. Shu bois unga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish, halollik va adolat tamoyillariga sodiq qolish barchamiz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.

Majlis davomida ishtirookchilarning savollariga boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan javob berildi.
Tadbir yakunida profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, intizomni kuchaytirish va halollik muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.





