Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar va Andijon ahli!

Sizlarni go‘zal va tarovatli bahor ayyomi, yangilanish va yasharish ramzi bo‘lmish Navro‘zi olam bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman. Tabiat uyg‘onib, borliq o‘zgacha chiroy ochayotgan ushbu shukuhli kunlarda xonadonlaringizga tinchlik-totuvlik, qut-baraka va oilaviy baxt tilayman.
Yangi kun — Navro‘z har bir xonadonga quvonch va shodiyona olib kelsin. Qalbingizdagi eng ezgu niyatlaringiz ijobat bo‘lishini, sihat-salomatlik va xotirjamlik hamisha hamrohingiz bo‘lishini tilab qolaman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, bayramimiz bardavom bo‘lsin.
Navro‘zi olam barchangizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan, Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshligʻi Nodirbek Toʻxtaboyev




