Yirik qurilish tashkilotlari 1 oyda 3 trln so‘mlik ishlar bajardi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 3 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 8 foizga oshgan.
Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 23,1 foizni tashkil etdi.

Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi (yanvar oyi) quyidagicha:
2022 yil — 567,9 mlrd so‘m
2023 yil — 513,4 mlrd so‘m
2024 yil — 1,1 trln so‘m
2025 yil — 2,6 trln so‘m
2026 yil — 3 trln so‘m




