Andijon viloyati statistika boshqarmasida "Siyosiy ma'rifat soati" tashkil qilindi.
Andijon viloyati statistika boshqarmasida xodimlar ishtirokida “Siyosiy ma’rifat soati”ning navbatdagi 10-soni namoyish etildi.
Maʼnaviyat soatida yurtimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-ijtimoiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda davlat xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yanada boyitishga xizmat qiladigan muhim ma’lumotlar berildi.
Xodimlarga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, davlat xizmatida mas’uliyat va fidoiylik bilan faoliyat yuritishning ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.




