Qaysi hududda 2025-yilda eng ko'p go'sht yetishtirilgan?
Andijon viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma'lumotlariga ko'ra viloyatda 2025 yil davomida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 206 990 tonna go'sht mahsulotlari yetishtirilgan.
Bu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 % ga oʻsdi.

Xududlar kesimida yetishtirilgan go'sht mahsulotlari hajmi:
Andijon shahri – 10 449,2 tonna
Xonobod shahri – 2 602,4 tonna
Oltinko'l tumani – 12 387,5 tonna
Andijon tumani – 11 797,2 tonna
Baliqchi tumani – 13 890,6 tonna
Bo'ston tumani – 9 407,9 tonna
Buloqboshi tumani – 13 436,1 tonna
Jalaquduq tumani – 17 011,6 tonna
Izboskan tumani – 9 436,7 tonna
Ulug'nor tumani – 10 280,9 tonna
Qo'rg'ontepa tumani – 13 887,2 tonna
Asaka tumani – 25 694,5 tonna
Marhamat tumani – 12 022,7 tonna
Shahrixon tumani – 16 895,8 tonna
Paxtaobod tumani – 19 795,5 tonna
Xo'jaobod tumani – 7 994,2 tonna




