2026 yil 1 fevral holatiga ko'ra Andijon viloyatida 27455 takorxona va tashkilotlar mavjud.
Andijon viloyat statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko'ra, 2026 yil 1 fevral holati bo'yicha Andijon viloyatida 27 455 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko'rsatmoqda.
Bu ko'rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 7,6 % ga oshgan.
🇺🇿 Sohalar kesimida korxona va tashkilotlar soni quyidagicha:
Savdo – 8 142 ta
Sanoat – 4 686 ta
Qurilish – 1 752 ta
Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar – 1 336 ta
Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi – 1 314 ta
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko'rsatish – 1 242 ta
Tashish va saqlash – 755 ta
Axborot va aloqa – 464 ta
Boshqa turlar – 7 764 ta





