11/02/2026

Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

11-fevral — “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan bugun Andijon viloyati statistika boshqarmasida seminar tashkil etildi.

Tadbirda ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlarni yaratish, ularning ilmiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish, yosh qizlarni ilmiy izlanishlarga jalb etish hamda gender tenglikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Seminar davomida ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning yutuqlari targ‘ib qilinib, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida mazkur xalqaro sana doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya