02/02/2026

Andijon viloyati statistika boshqarmasida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi

Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda boshqarmaning Inson resurslarini boshqarish bo‘yicha bosh mutaxassisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.01.2026 yildagi "Yo‘l harakati xavfsizligi sohasini raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 11-son qarorining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi:

Qarorga asosan, Jamoat xavfsizligi departamenti YHXB "Ma'muriy amaliyot" axborot tizimidagi ma’muriy boshqaruv moduli mas’ul vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilinadi. Avtotransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda  avtotransport vositasining oldi-sotdi shartnomasi, elektron onlayn-auksion bayonnomalari, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan transport vositalari bo‘yicha elektron hisob ma’lumotlari, avtotransport vositasi egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar singari bir qator hujjatlar vakolatli organlardan idoralararo elektron tizim orqali kelib tushadi.


Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

 

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya