Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Andijon viloyatida aloqa va axborotlashtirish sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 1 643,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 % ga oshgan. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmida telekommunikatsiya xizmatlarining ulushi 79.5 % ni tashkil etdi.





