Joriy yilning 13 yanvar kuni Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi 173-sonli Farmonining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha korxona va tashkilotlar, davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tizimli va sifatli tashkil etish yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi mas'ul xodimlari ishtirokchilar uchun taqdimot qilib, ro‘yxatga olishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati hamda jarayonlarining xalqaro amaliyotdagi o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, seminar davomida ro‘yxatga olish tadbirlarini tashkil etish, ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash jarayonlari, raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari muhokama qilindi.






