Joriy yilning 7-yanvardan boshlab mamlakatimizning barcha hududlarida mahalla yettiligi a’zolarini o‘qitish rejalashtirilgan. Shahrixon tumanida ham aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida belgilangan 3 bosqichli o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Seminarda ro‘yxatga olish jarayonining huquqiy asoslari, so‘rov varaqalarini to‘ldirish tartibi, elektron tizimda ma’lumot kiritish qoidalari hamda joylarda aholini xabardor qilish uslublari yuzasidan amaliy ko‘nikmalar berildi.

Tadbir davomida qatnashchilar o‘z savollariga javob oldilar, shuningdek, ro‘yxatga olish ishlarining sifatli va shaffof o‘tishini ta’minlash bo‘yicha kelgusi rejalar muhokama qilindi.






