29/12/2025

Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga Andijon viloyatida 1 672 ta qurilish korxonasi faoliyat yuritmoqda.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida viloyatimizda umumiy qiymati 13,9 trillion so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 11,2 % ga o‘sdi, ya'ni qurilish sohasi barqaror rivojlanmoqda.

So‘nggi yillarda qurilish hajmining o‘sishi: (yanvar-noyabr oylarida)

2025-yil – 13,9 trln so‘m

2024-yil – 12,0 trln so‘m

2023-yil – 9,2 trln so‘m

2022-yil – 6,0 trln so‘m

2021-yil – 5,1 trln so‘m

Ko‘rinib turibdiki, qurilish sohasi izchil rivojlanmoqda, ayniqsa ikki, uch yilda o‘sish sezilarli bo‘ldi.

Qurilish ishlari hajmining tarkibi:

 Yirik qurilish tashkilotlari – 37,8 %

 Kichik korxona va mikrofirmalar – 10,7 %

 Norasmiy sektor – 7,5 %

 

 

Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbiri boshlanishiga:

00
Kun
00
Soat
00
Daqiqa
00
Soniya