O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmonida belgilangan vazifalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi 629-son qarorida ko‘zda tutilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Laziz Mirsoatov hamda viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i Nodirbek To'xtaboyevlar Andijon viloyatining olis hududlaridan Xo'jaobod tumanida bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishdi.

Xo'jaobod tumanida olib borilayotgan jarayonlarni bevosita kuzatib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining borishi, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.






