09/12/2025

Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, 2025- yil 1- noyabr holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 2 778 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 31 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 2 747 tani tashkil qildi.

Viloyat bo‘yicha 2025- yilning yanvar-oktabr oyida ulgurji savdo tovar aylanmasi 10 952,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 6,8 % ga o‘sdi.

Kichik biznes subektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 10 431,0 mlrd so‘mni tashkil qilib, 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,7 % ga to‘g‘ri keldi.

Viloyatda jami ulgurji savdo hajmidagi ulushi 95,2 % ni tashkil qildi.