Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-oktabr oylari holatiga viloyatning tashqi savdo aylanmasi 3 375,0 mln AQSH dollariga yetdi.
Shu jumladan eksport hajmi 942,5 mln. AQSH dollarini, (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,7 % ga oshdi), import hajmi 2 432,5 mln. AQSH dollarini (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 % ga kamaydi) tashkil etdi.




