Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-oktabr oylari holatiga Andijon viloyati bo‘yicha aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi 24 037,6 ming so‘mni tashkil etgan.
Viloyatda aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 105,4 % ni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich Buloqboshi (137,0 %), Marxamat (132,7 %), Izboskan (129,7 %) tumanlarida viloyat ko‘rsatkichidan ancha yuqori natija qayd etilmoqda.




