O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosi yuzasidan, Joriy yilning 20-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N. To‘xtaboyev hamda ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B. G‘ulomjonovlar ishtirokida "Uz-Sae Myung Co." Uzbek-Korea qo'shma korxonasida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.










