O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosi yuzasidan, Joriy yilning 20-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N. To‘xtaboyev hamda ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i B. G‘ulomjonovlar ishtirokida "AVTO SPRING COMPONENTS" MCHJ da Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘quv-seminar tashkil etildi.










