O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkazilishi belgilangan.

Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida “mahalla yettiligi” o‘qitilmoqda. Xususan, joriy yilning 12- noyabr kuni Asaka tumanida profilaktika inspektorlari uchun navbatdagi ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasidan vakil hamda tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan planshet qurilmasidan platformaga kirish, shakllarni to‘ldirish tartiblari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.


Bundan tashqari tadbir so‘ngida barcha seminar ishtirokchilari o‘zlarining hududlaridagi xonadonlarga kirib, test rejimida ro‘yxatga olish ishlarini bajardilar.



