06/11/2025

Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabr holatiga viloyatimizda 20 795 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 17 987 tasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 86,5 foizini tashkil etadi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:

mas’uliyati cheklangan jamiyat – 17 987 ta

xususiy korxonalar – 1 527 ta

oilaviy korxonalar – 1 058 ta

aksiyadorlik jamiyati – 37 ta

boshqalar – 186 ta