Andijon viloyati statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida sanoat sohasida oʻrtacha oylik ish haqi 6 577,8 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, uning tarkibi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi miqdori togʻ-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash sohasida 4 940,3 ming soʻm, elektr, gaz, bugʻ bilan ta'minlash va havoni kondisiyalash sohasida 8 614,5 ming soʻm, ishlab chiqarish sanoati sohasida 6 547,3 ming soʻm, suv bilan ta'minlash, kanalizasiya tizimi, chiqindilarni yigʻish va utilizasiya qilish sohasida 3 475,3 ming soʻm ekanligi kuzatildi.




