06/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrda “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tashkil etilgan maxsus shtablar faoliyati Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.

joriy yilning 5-noyabr kuni Oltinko‘l tumanida Kambag‘allaikni qisqartirish va bandlik vazirligidan vakil Jalil Rashidov ishtirokida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. 

 

O‘rganish davomida targ‘ibot-tushuntirish ishlari, mas’ul xodimlarga yuklangan vazifalar va tegishli hujjatlarning tayyorlanish holati yuzasidan atroflicha muhokama o‘tkazildi.