O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Joriy yilning 5-noyabr kuni Andijon viloyati shtabida o‘tkazilgan yig‘ilishda Kambag‘allaikni qisqartirish va bandlik vazirligidan vakil J.Rashidov, Milliy statistika qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i M.Toshpulatovlar Andijon viloyatida bo‘lib, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.




Farmon ijrosi doirasida viloyat va tuman (shahar) larda tashkil etilgan shtablarning asosiy vazifalari, amalga oshiriladigan ishlar va chora-tadbirlar belgilab olindi.



