04/11/2025

2025-yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 33 187,9 mlrd so‘mni yoki 2024-yilning mos davriga nisbatan 100,8 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari 18 621,4 mlrd so‘mni (100,2 %), chorvachilik mahsulotlari 14 566,6 mlrd so‘mni (101,9 %) tashkil qildi.

Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yuqori hajmi Jalaquduq (3 634,4 mlrd so‘m), Asaka (3 329,4 mlrd so‘m), Shahrixon (3 030,9 mlrd so‘m) va Paxtaobod (2 794,5 mlrd so‘m) tumanlarida qayd etildi.