Joriy yilning 3 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF-173-son Farmoniga asosan Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida ro‘yxatga olish tadbirini samarali tashkil etish maqsadida "Biznesni rivojlantirish banki" ATB raxbariyati va tuman xokimi birinchi o‘rinbosari A.Mirzaolimov boshchiligida mas’ul xodimlar uchun yig‘ilish bo‘lib o'tdi.


Tuman komissiyasi shtabini tashkil qilish, tadbirni o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshriladigan chora-tadbirlar rejasi hamda 39 ta mahallalarida tashkiliy rejalar bilan tanishtirildi.


Shuningdek maxalla yettiligida vakant shtatlarni to‘ldirish kabi vazifalar kelishilib yigilish bayyonnomasi tasdiqlandi.



