Ro‘yxatga olish tadbiri 2026 yil 15 yanvardan 2026 yil 28 fevralgacha bo‘lgan davrda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini jalb etish orqali o‘tkaziladi.
Jarayon:
- dastlabki 17 kunda 2026 yil 15 yanvardan 2026 yil 31 yanvargacha aholi “census.stat.uz” sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
- keyingi bosqichda esa mahalla yettiligi 2026- yil 4 fevraldan 28 fevralgacha bo‘lgan davrda uyma-uy yurib ma’lumot to‘playdi.
Ro‘yxatga olish natijalari davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga, aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga va ijtimoiy siyosatni adolatli shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligini birga ro‘yxatga olish moliyaviy tejamkorlikka hamda zamonaviy statistika tizimini yaratishga zamin yaratadi.




