24/10/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati statistika boshqarmasida o‘quv seminar tashkil etildi.

 

Mazkur seminar aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, so‘rovnomalarni to‘ldirish tartibi, axborot xavfsizligini ta’minlash va ma’lumotlarni elektron tarzda qayd etish masalalariga bag‘ishlandi.

 

Seminarda tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish, axborot tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

 

O‘quv seminar 2026-yilda o‘tkaziladigan Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va mutaxassislarning amaliy bilim, ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.