23/10/2025

Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabr holatiga viloyatimizda chet el investitsiyasi ishtirokida 393 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Shundan 126 tasi qo‘shma, 267 tasi esa xorijiy korxonalardir.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

− sanoat sohasida – 172 ta;

− savdo sohasida – 92 ta;

− qurilish sohasida – 38 ta;

− qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 16 ta;

− axborot va aloqa sohasida – 13 ta;

− tashish va saqlash sohasida – 11 ta;

− yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 10 ta;

− sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 4 ta;

− boshqa sohalarda – 37 ta.