23/10/2025

Joriy yilning 16-oktabr kuni viloyati statistika boshqarmasi xodimlari, hududiy statistika bo‘lim boshliqlari hamda ro‘yxatga olish jarayonlariga masʼul xodimlari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv dasturi davomida sinov tariqasida hududlarga chiqqan holda Bo‘ston tumanida joylashgan "Pillakor" MFYda mahalla ettiligi bilan birgalikda aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirish, maʼlumotlarni elektron shaklda qayd etish jarayoni ishtirokchilarga amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.

Ro‘yxatga olish masʼullarining malakasini oshirish, ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.