Qadimdan har qanday davlatning shakllanishi va rivojlanish tarixida uning milliy boyliklari to‘g‘risidagi maʼlumotlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Davlatni boshqarishda aholi soni, yer maydoni va moddiy boyliklari to‘g‘risidagi bilimlar juda ham muhim xisoblanadi.
Yirik, markazlashgan davlatlarning rivojlanishi bilan ularning milliy boyliklarining haqiqiy miqdori to‘g‘risidagi bilimlarga va shunga muvofiq mamlakat aholisi va uning mulkini ishonchli hisobga olish usullarini bilishga ehtiyoj ortgan.
Statistikaning fan sifatida paydo bo‘lishidan ancha oldin, davlatlar hukmdorlari maʼmuriy va xoְ‘jalik hisobining turli usullaridan foydalanganlar. Аholi soni, mulkning mavjudligi, yerlarning tarkibi, ularning miqdori, chorva mollarining sonini bilish, savdoning holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarga ega bo‘lish juda muhim hisoblangan.
Аksariyat davlatlar aholisining asosiy qismi asosan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullangan, shuning uchun birinchi navbatda yer to‘g‘risidagi maʼlumotlar to‘plangan. Ushbu maʼlumotlar soliq va harbiy maqsadlar uchun xizmat qilgan.
Boshqa manbalarda qishloq xo‘jaligining holati, ekin maydonlari, ekin turlari, chorva mollari bosh soni to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlar Аmerika Qo‘shma Shtatlarida 1840 yilda amalga oshirilgan qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri orqali shakllantirilganligi keltirib o‘tilgan.
Rus tarixchilarining maʼlumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligining holati to‘g‘risidagi ko‘rsatkichlarni yig‘ish IX asrda amalga oshirilgan. Rusda birinchi xo‘jaliklar ro‘yxati 1245-1287 yillarda, keyingi ro‘yxat XIV-XV asrlar davomida shakllantirilgan.