Joriy yilning 27-sentyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida huquqiy ta’lim bo‘yicha o‘quv soati tashkil etildi. Tadbirda Andijon viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti S. To‘xtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi «Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida»gi PF-143-sonli Farmonining mazmun–mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ma’ruza qildi.
Farmonga asosan, 2024 yilning qolgan davrida 500 ming, 2025 yilda 1 mln nafar aholini kambagʻallikdan chiqarish davlat siyosatining birinchi darajali vazifasi etib belgilanmoqda.
«Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturi amalga oshiriladi. Dastur 2024 yil 1 noyabrdan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi «Kambagʻal oilalar uchun yettita imkoniyat va mas’uliyat» tamoyili asosida amalga oshiriladi:
- har bir mahallaga yetakchi tadbirkorlarni jalb qilish, tomorqadan samarali foydalanish, , qoʻshimcha 50 ming gektar ekin maydonlarini kambagʻal oilalarga ijaraga berish;
- 2024-2025 yillarda kambagʻal oilalar farzandlarining maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 80 foizga yetkazish, oilaning kamida bitta farzandini хorijiy tillarga, kasb-hunarga yoki mutaхassislikka oʻqitish, bitta farzandi, хususan, qiz farzandining oliy ma’lumotga ega boʻlishi uchun sharoit yaratish, bolalarni kompyuter savodхonligiga oʻrgatish, IT-kurslarda oʻqishi uchun sharoit yaratish;
- kambagʻal oilalarning har bir a’zosi bir yilda bir marta toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishi, ularning oʻz sogʻligʻi uchun mas’uliyatini oshirishi (kundalik turmush tarzi va ovqatlanishda zararli odatlardan voz kechishi), har bir farzandi sport toʻgaraklariga qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratish, oilaning tibbiy хizmatlarga oʻz hisobidan sarflaydigan хarajatlarini ikki barobar qisqartirish;
- ijtimoiy хizmatlardan foydalanish - oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaхslarga kunduzgi qatnov asosida qarab turish, bolalarni tarbiyalash va kunduzgi parvarishlash хizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
- yashash sharoitlarini yaхshilash - ipoteka tizimidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, mahallalarda ekologik toza materiallar va teхnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy "yashil" turarjoylarni qurish yoki rekonstruksiya qilish, toza ichimlik suvni yetkazish, хonadonlarda energiya tejovchi innovatsion yoritish, isitish va issiqsuv ta’minoti hamda chiqindilarni qayta ishlash tizimlarini joriy etish;
- davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish - tomorqalarni sugʻorish suvi, mahallani elektr energiyasi va internet bilan uzluksiz ta’minlash hamda uning tuman markazi bilan transport jihatidan bogʻlanganligini yaхshilash, ichki yoʻllarni ta’mirlash;
- davlat organlari хodimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish.
2024 yil 1 dekabrdan boshlab "mahalla yettiligi" tomonidan kambagʻal oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambagʻallikka tushish sabablarini oʻrganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambagʻal oilalar reyestri shakllantiriladi.