So'nggi yangiliklar

Pasterizatsiya qilingan sut narxlari joriy yilning noyabr oyida 3,5 % ga, xom (qayta ishlanmagan) sut esa 2,1 % ga qimmatlashdi. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida sut narxlarining oʻrtacha darajasi 16,5 % ga, shu jumladan, pasterizatsiya qilingan sut 18,2 % ga, xom sut 15,3 % ga qimmatlashgan.

2022- yilning 1- dekabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 98 170 tani tashkil etib, jami korxonalarning (588 823 ta) 16,7 foiz ulushini tashkil qildi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 97 271 tani tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 169,7 ming tonna dinatriy karbonati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 114,2 % ni tashkil etdi.

2022-yil 1-oktabr holatiga Respublikada qoʻy va echkilarning umumiy bosh soni 23 308,8 ming boshga yetdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 48,3 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida oʻqish maqsadida 5346 nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga tashrif buyurgan boʻlsa, bulardan 1364 nafari hindistonliklardir.

Uy-joy umumiy maydonining o‘rtacha bir kishiga ta’minlanganlik darajasi 2020- yilga nisbatan 16 kv. m. dan to 18,2 kv. m. (2,2 kv. m.) gacha o‘sgan. MDH davlatlari orasida ushbu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekiston Qirgʻiziston Respublikasidan (13 kv.m) va Tojikiston (9 kv.m) dan oldinda, biroq Belarus Respublikasi (28,9 kv.m), Rossiya (27,8 kv.m) hamda Qozog‘iston Respublikasi (23,2 kv.m.)dan pastroq.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, 2021- yilning yanvar-sentabriga nisbatan Xorazm viloyatida – 1 078 taga yoki 131,6 % ga ko‘p tashkil qildi.

2022-yilning noyabrida guruch va guruch oqshogʻi 1,7 % ga oshib, oʻtgan yilning oxiriga nisbatan 22,7 % ga qimmatlashdi. 2021-yilning noyabriga nisbatan guruch narxlari 22,5 5 ga oshdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 4 813,2 ming tonna koʻmir ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 103,8 % ni tashkil etdi.

2022-yil 1-oktabr holatiga Respublikada otlarning umumiy bosh soni 264,0 ming boshga yetdi.Otlarning asosiy qismi 193,9 ming bosh yoki umumiy bosh sonining 73,4 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarida qayd etildi.Otlarning umumiy sonidan eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (20,8 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Qashqadaryo (13,2 %), Jizzax (11,1 %) va Samarqand (10,6 %) viloyatlarida ham mavjud otlar sonining yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.

2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra mamlakatimizda jami 11015 ta sport zallari mavjud. 2020-yilda esa ushbu koʻrsatkich  10950 tani tashkil etgan. Oʻtgan yil bilan solishtirilganda mamlakatimizdagi sport zallari 65 taga koʻpaygan.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab yo‘lovchi transportining barcha turlari bo‘yicha 4 509,8 mln. kishi tashildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston Belarus Respublikasidan (1 153,1 mln. kishi), Qirg‘iziston Respublikasidan (374,1 mln. so'm), Moldova Respublikasidan (173,6 mln. kishi) va Armaniston (15 mln. so'm)dan oldinda, Rossiya (13 718 mln. kishi) va Qozog‘iston (5 185,8 mln. kishi)dan keying o‘rinda turadi.

2022- yilning yanvar- oktabr oylarida Andijon viloyatida jami 5 440,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning mos davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilning noyabrida banan oktyabr oyiga nisbatan 3,4 % ga qimmatlashdi. Oʻtgan yilning dekabriga nisbatan uning narxi 16,9 % ga, yillik nisbatda esa 12,2 % ga qimmatlashgan. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida oylik eng yuqori narxlar oʻsishi darajasi oktyabr oyiga (+17,6 %), eng yuqori pasayish darajasi may (-8,0 %) va iyul (-8,5 %) oylariga toʻgʻri keldi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 721,2 ming tonna neft ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 101,8 % ni tashkil etdi.

2022-yil 1-oktabr holatiga Respublikada parrandalarning umumiy bosh soni 91 209,9 ming boshga yetdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining aholi soni, zichligi, umr davomiyligi, tugʻilish va yer maydoni boʻyicha reytingida Oʻzbekiston Respublikasining oʻrni quyidagicha: