So'nggi yangiliklar
17/02/2022 • So'nggi yangiliklar
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning texnologik tarkibida Andijon viloyati bo‘yicha mashina,uskunalar, transport vositalari ishlab chiqarish va xo‘jalik jihozlari ulushi - 56,6 %, qurilish-montaj ishlari - 35,0 % hamda boshqa xarajatlar- 8,4 % ni tashkil etdi.
17/02/2022 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning 1- fevral holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 533 427 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 110,8 foizga oshgan. Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,1 foizini (470 163 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.
17/02/2022 • So'nggi yangiliklar
Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, 2021/2022- o‘quv yilida Respublikamizdagi umumta’lim muassasalari soni 10289 tani tashkil etgan.Yillar kesimida Respublikamizdagi umumta’lim muassasalari soni:
Andijon viloyati aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 35 916,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2020- yilning yanvar-dekabr oylariiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 98,6 % ni tashkil etdi.
2021- yil yanvar-dekabr oylarida 104457,3 mlrd. so‘m yoki O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha asosiy kapitalga o`zlashtirilgan jami investitsiyalarning 42,7 % i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan o‘zlashtirildi.Jami o`zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibida xorijiy investitsiyalar 39879,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va qolgan 64577,9 mlrd. so‘m xorijiy kreditlar hisobiga to‘g‘ri keldi.
15/02/2022 • So'nggi yangiliklar
Aholining umumiy daromadlari tarkibida transfertlardan olingan daromadlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu daromadlar ijtimoiy transfertlar va boshqa joriy transfertlarni o‘z ichiga oladi.2021- yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy transfertlar tarkibida pensiyalar 77,8 % ni, nafaqalar 20,4 % ni, stipendiyalar 1,8 % ni tashkil etdi.
Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga Andijonda 1 km.kv. yer maydoniga o‘rtacha 756,6 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.
15/02/2022 • So'nggi yangiliklar
2021- yilning yanvar-dekabrida kichik biznes subyektlarining soni har 1000 aholiga tuman va shaharlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Ulug‘nor tumanida 24,5 birlik, Andijon shahrida 24,3 birlik, Xo‘jaobod tumanida 19,1 birlik, Xonobod shahrida 17,4 birlik, Bo‘ston tumanida 17,2 birlik, Baliqchi tumanida 13,5 birlik, Asaka tumanida 13,0 birlikni tashkil etgan. Shahrixon tumanida esa ushbu ko‘rsatkich eng past bo‘lib, 9,2 birlikka to‘g‘ri keldi.
15/02/2022 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2021- yil yanvar-dekabr holatiga koʻra 1 011,0 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Shundan eksport – 768,9 mln. AQSH dollariga yetgan boʻlsa, import – 242,1 mln. AQSH dollari qiymatida qayd etildi.
Joriy davrda 12143,7 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2020- yilning mos davriga nisbatan 115,3 % ni tashkil etdi. Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 1410,8 mlrd. so‘m yoki jami investisiyalar hajmining 11,6 % va o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 111,0 % o‘zlashtirildi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 10732,9 mlrd. so‘m yoki jami investisiyalar hajmining 88,4 % va o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 87,9 % o‘zlashtirildi.
15/02/2022 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan 2021- yilning yanvar-dekabr oylari uchun “ Andijon viloyatida maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zonasi, texnopark va klasterlar faoliyati” press-relizi shakllantirilib, qo‘mita veb-saytining “Nashrlar” bo‘limida quyidagi manzil boʻyicha joylashtirildi: www.andstat.uz/uz/nashrlar/press-relizlar
O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da eksportning umumiy hajmiga nisbatan 22,3% ni tashkil etdi, shu jumladan:
kichik korxonalar 12,2 %
mikrofirmalar 9,9 %
yakka tartibdagi tadbirkorlar 0,3 %
14/02/2022 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyati statistika boshqarmasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar oyida viloyat bo‘yicha 1769 ta nikoh holatlari qayd etilgan.
Andijon viloyati statistika boshqarmasi dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yil yanvar-dekabr oylarida respublikamizda 17 663 tonna baliq ovlangan.
14/02/2022 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021--yilda Andijon viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 43.790,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 4,7 % ga o‘sdi. YAHM deflyator indeksi 2020--yildagi narxlarga nisbatan 109,1 % ni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Andijon viloyatining qo‘shgan hissasi 6,0 % ga yetdi.
14/02/2022 • So'nggi yangiliklar
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik kilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
345-sahifa 353 dan