So'nggi yangiliklar

 Paxtaobod tumanidagi 8-umumiy oʼrta taʼlim maktabida о‘tkazilgan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yilligini “Yangi Oʼzbekistonda el aziz inson aziz!” shiori ostida “Birinchi qoʼngʼiroq” bayram tadbirida boshqarma boshlig‘i N. To‘xtaboyev sо‘zga chiqib, о‘quvchilarni yangi о‘quv yili bilan tabrikladi va maktab ta’limining inson hayoti davomidagi о‘rni haqida ham о‘z kechinmalarini sо‘zlab berdi.

Yangi Oʻzbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining oʻttiz bir yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Respublikamizda 2022- yil 1- avgust holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan bo‘lib, ularning so‘nggi yillarda o‘sishi quyidagicha aks etdi:

O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilning 1 iyul holatiga yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hududlar kesimida, 2021 yilning 1 iyuliga nisbatan eng ko‘p Samarqand viloyatida – 6 499  ta yoki 126,3 % ni tashkil qildi.

 2021/2022- oʻquv yili boshiga respublikamizda jami oliy taʼlim tashkilotlari soni 154 tani tashkil etib, ulardan 808,4 ming nafar talaba tahsil olgan. 2020/2021- oʻquv yilida tahsil olgan talabalarga nisbatan 237 ming nafarga yoki 41,5 % ortgani kuzatildi.

2022-yilning yanvar-iyun oylarida Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 971,9 ming tonna – meva va rezavorlar yetishtirildi.

 2022- yil 26- avgust kuni boshqarmada navbatdagi “Qatag‘on qurbonlari — Vatan fidoyilari” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M.Yusupov ochib, mustaqillik kuni arafasida 31-avgust Qatag‘on qurbonlari xotirasi kuni sifatida nishonlanib kelinishini, shu munosabat bilan Toshkent shahri Yunusobod tumanida tashkil etilgan “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hududida ozodlik va mustaqillik uchun kurashgan va o‘z jonini ayamagan fidoyilar xotirasini yod etish maqsadida muzey ochilganligini  ta’kidlab o‘tdi.

 Seminarda Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev, bosh yuriskonsult D.Rasulov va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyat filiali vakillari X.Mirzayev hamda boshqarma rahbariyati, boshqarma bo'limi xodimlari qatnashdi.

 Joriy yilning 25- avgust kuni Andilon viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D.Rasulov yosh tadbirkorlar ishtirokida O’zbekiston Respublikasining “Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi tog’risida”gi O’RQ 670-I-sonli Qonunining mazmun-mohiyati hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish”ga bag’ishlangan seminar tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 9,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 438 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

Joriy yilning  iyul oyida uzum oy davomida 22,8 % ga, o‘tgan yilning oxiriga nisbatan esa 8,8 % ga arzonlashdi.

 2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida YAHM hajmi joriy narxlarda 22 843,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 8,4 % ga o‘sdi.

 2022- yilning yanvar-iyun oylarida savdo tarmog‘ida 24 119,4 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shilgan qiymat yaratildi. Ushbu tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatini yaratishda Toshkent shahri (33,6 %) eng katta hissa qo‘shdi. Toshkent va Farg‘ona viloyatlari 9,7 % va 7,3 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.

 Andijon viloyati Statistika boshqarmasi va Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda   2022-2023 – o‘quv yillari boshiga xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli umumta’lim muassasalari tomonidan 1- umumta’lim shakli (yillik) davlat statistika hisobotini sifatli va o‘z muddatidan kechiktirmay topshirish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra respublikamizda jami 346 012 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) faoliyat yuritmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Aholini va hududlarni tabbiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida» 1999- yildagi qaroriga asosan joriy yilning 19- avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasining ishchi xodimlari o‘rtasida «Zaharlanganda, jarohat olganda, kuyganda qon ketishi, suyaklar sinishida o‘z–o‘ziga va boshqalarga yordam ko‘rsatish» mavzusi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

2022- yil yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 55 695 tani tashkil etgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlandi:

 2022- yil 19- avgust kuni boshqarmada navbatdagi “Mustaqillik – eng ulug‘ ne'mat” mavzusida ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To’xtaboyev ochib, mamlakatimiz mutaqilligining 31-yilligini nishonlash arafasida, o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan murakkab yo‘limizga yana bir bor nazar tashlash, mustaqilmiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoachilik bilan birga boshqarma xodimlari ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqligini ta’kidlab o‘tdi.