So'nggi yangiliklar

 Joriy yilning 18- avgust kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i N.G‘.To‘xtaboyev hamda Qo‘rg‘ontepa tumani statistika bo‘limi mas'ul xodimi birgalikda Narx bo’yicha INI oziq-ovqat kuzatuvlarini   borishi bo’yicha   Qo‘rg‘ontepa  tumani "Yangi Hayot" MCHJ da  oziq-ovqat kuzatuvlari nazoratga olindi.  

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust oyida uy-joylar ro‘yxatini tuzish ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilangan.

 2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 11 252 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur‘ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 foizni tashkil etdi.  Shuningdek joriy yilning yetti oyida ushbu sohada 1 522 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 1 514 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan:Toshkent shahrida – 652 taSamarqand viloyatida – 141 taFarg‘ona viloyatida – 109 taToshkent viloyatida – 86 ta.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 546 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 267 ta va xorijiy korxonalar 8 279 tani tashkil etgan bo‘lib, ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:

2022- yilning 1- avgust holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 14 546 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1 602 taga ko‘paygan.

 Xalq taʼlimi vazirligining umumtaʼlim muassasalari; Boshqa idoralarning umumtaʼlim muassasalari, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qatʼi nazar litsenziya asosida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʼrsatuvchi yuridik shaxslar diqqatiga!

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyun holatiga Andijon viloyati ijtimoiy transfertlarning o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 139,1% ni, 2021- yil  121,2% ni, 2020- yilda esa 123,5% ni tashkil etdi.

 Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i N.G‘.To‘xtaboyev hamda tegishli mas’ul tamoq bo‘limlari bilan birgalikda Parkent tumanida sinov tariqasida qishloq xo‘jaligi sohasini ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarida faol qatnashmoqda.

 Kuni kecha Andijon viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Rasulov tomonidan Andijon viloyati Kasaba uyusmasi delagatsiyasida  tadbirkorlar ishtirokida, Korrupsiyaga qarshi kurashish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 16- maydagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan 2022-2023- yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturining 23-24- bandlari ijrosi yuzasidan Davlat statistika qo’mitasining markaziy apparatida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib ushbu bandlar ijrosi bo’yicha qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

 2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 8,4 % ga o‘sdi. YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’atlari 102,6 % ni, sanoat – 122,5 %, qurilish – 105,5 % ni, xizmatlar sohasi – 105,8 % ni va mahsulotlarga sof soliqlar – 118,4 % ni tashkil etdi.

 Boshqarma rahbariyati hamda Asaka tumani statistika bo‘limi mas'ul xodimi birgalikda 9- avgust kuni 5-narx (Do’kon) haftalik kuzatuvini Asaka tumani "Darvoza Savdo" MCHJ (MAKRO)ga chiqib kuzatuvni amalga oshirdilar.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil yanvar-iyun holatiga 2021- yilning mos davri ma’lumotlari bilan taqqoslaganda pensiyalarning o‘sish sur’ati 124,4% ni, nafaqalarning o‘sish sur’ati 175,4% ni va stipendiyalarning o‘sish sur’ati  144,8% ni tashkil etdi.

 Andijon viloyati statistika boshqarmasida 2022- yil 5-avgust kuni navbatdagi “Vaqt – insonning eng katta sarmoyasi” mavzusida ma‘naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i N.G‘. To‘xtaboyev ochib, bugungi davrda muvaffaqiyat siri vaqtdan unumli foydalanishda, vaqt isrofidan saqlanish, qanday ish boʼlmasin, jiddiylik bilan yondoshish, doim izlanishda, intilishda boʼlish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil
11- noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust oyida uy-joylar ro‘yxatini tuzish ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilangan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-iyun oylarida, respublikamizda savdo sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 18 355 ta, 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,0 barobarga oshgan bo‘lib, ularning so‘nggi besh yildagi o‘sish dinamikasi quyidagi ko‘rinishda aks topdi:

 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022- yil 1- iyul holatiga mamlakatdagi doimiy aholisi soni 35603,4 ming kishiga yetib, shundan mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar 11249,0 ming kishini (31,6%), mehnatga layoqatli yoshdagilar 20382,1 ming kishini (57,2%) va mehnatga layoqatli yoshdan kattalar 3972,2 ming kishini (11,2%) tashkil etgan.

 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2022- yilning yanvar–iyun  oylarida tashish va saqlash sohasidagi yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,6 barobarga oshgan bo‘lib,  ularning  so‘nggi besh yildagi o‘sish sur’ati quyidagicha aks etdi:

 Dastlabki ma’lumоtlarga ko‘ra, 2022- yil 1- iyul holatiga vilоyatda dоimiy ahоli sоni 3 283,8 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 30,2 ming kishiga yoki 0,9 % ga o‘sdi. Shu bilan birga, shahar ahоlisi sоni 1 715,7 ming kishini (jami ahоli sоniga nisbatan 52,2 %), qishlоq ahоlisi sоni 1 568,1 ming kishini (47,8 %) tashkil etadi.