So'nggi yangiliklar

Baʼzi mamlakatlar roʻyxatga olish maʼlumotlarini ishlab chiqish uchun registrlar va boshqa maʼmuriy manbalardan tanlangan oʻzgaruvchilar boʻyicha tanlangan maʼlumotlarni toʻplash bilan birgalikda foydalanadilar.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyati boʻyicha 5 117,6 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 29,6 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 101,3 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 1,0 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 10,7 % ga oshgan va ishlab chiqarish hajmi 474,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning  yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga SHHTga aʼzo (Qozogʻiston, Qirgʻiz, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston va Eron) davlatlardan 5 063,8 ming nafar chet el fuqarolari tashrif  buyurgan.

2023 yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 13 351,3 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 % ga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 25,6 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 7-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida 2023-yil III chorak yakunlari boʻyicha, boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi. 

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyati boʻyicha 1 446 ta egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 104 756,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari sonining har 1000 aholiga nisbati eng yuqori ko‘rsatkich Ulug‘nor tumanida 21,5 birlik, Xo‘jaobod tumanida 14,8 birlik, Andijon shahrida 14,0 birlik, Bo‘ston tumanida 13,9 birlik va Xonobod shahrida 10,0 birlikka yetdi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida hududlar kesimida yangi qurilish ishlari bo‘yicha yuqori hajm, Andijon shahrida (1 274,6 mlrd. so‘m), Andijon tumanida (374,6 mlrd. so‘m), Shahrixon tumanida (294,8 mlrd. so‘m) va Oltinko‘l tumanida (236,0 mlrd. so‘m) qayd etildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 25,9 %ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi kichik korxonalar bolib, 14,0 %ni  tashkil qildi. 

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida metallurgiya sanoati 48,3 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmining 0,1% ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 19 135,4 tonna sovun ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan. 

Joriy yilning 6-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D. Yangiyev va  turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mas’ul xodimi bilan birgalikda Xo‘jaobod tumani Faqir qishloq MFYda uy xo‘jaligi kuzatuvi o‘tkazildi.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 28 292,0 mlrd. so‘mni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,8 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 17 388,8 mlrd. so‘mni (103,7 %), chorvachilik mahsulotlari – 10 903,3 mlrd._so‘mni (103,8 %) tashkil qildi.

O‘zbekistonda 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, jami 422 373 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), shundan 418 711 tasi kichik tadbirkorlik subyektlaridir.