So'nggi yangiliklar
08/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Respublikamizda 2023-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra, chet el investitsiyasi ishtirokida 12 851 ta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan 4 836 tasi qo‘shma va 8 015 tasi xorijiy korxonalardir.
2022-yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 698,7 mlrd. so‘mga oshib, 3 328,6 mlrd. so‘mga yetdi. Jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi 21,6 foizni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 115,1 % ni tashkil etdi.
08/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Andijon viloyatida 2023-yil 1-oktabr holatiga faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni har 1000 aholiga nisbatan 9,6 birlikni tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 2,1 birlikka kamaygan.
08/11/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining сhakana savdo aylanmasidagi ulushi 81,7 %ni tashkil etdi. Сhakana savdo aylanmasida yakka tartibdagi tadbirkorlar ulushi yuqori bo‘lib – 53,2 %ni, kichik korxonalar va mikrofirmalar ulushi esa – 28,5 %ni tashkil qildi.
08/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Baʼzi mamlakatlar roʻyxatga olish maʼlumotlarini ishlab chiqish uchun registrlar va boshqa maʼmuriy manbalardan tanlangan oʻzgaruvchilar boʻyicha tanlangan maʼlumotlarni toʻplash bilan birgalikda foydalanadilar.
08/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Andijon viloyati boʻyicha 5 117,6 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
08/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan 29,6 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi va oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 101,3 % ni tashkil etdi.
08/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 1,0 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 10,7 % ga oshgan va ishlab chiqarish hajmi 474,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
08/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonga SHHTga aʼzo (Qozogʻiston, Qirgʻiz, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Hindiston, Pokiston va Eron) davlatlardan 5 063,8 ming nafar chet el fuqarolari tashrif buyurgan.
08/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023 yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Andijon viloyatida aholi jon boshiga hisoblangan yalpi hududiy mahsulot hajmi 13 351,3 ming so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 % ga o‘sdi.
08/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 25,6 %ni tashkil etdi.
08/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Joriy yilning 7-noyabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasida 2023-yil III chorak yakunlari boʻyicha, boshqarmaning kengaytirilgan Kengash yigʻilishi oʻtkazildi.
07/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida FHDYO organlari tomonidan Andijon viloyati boʻyicha 1 446 ta egiz tugʻilganlar soni (ikki va undan koʻp chaqaloq) qayd etilgan.
07/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 104 756,9 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
07/11/2023 • So'nggi yangiliklar
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari sonining har 1000 aholiga nisbati eng yuqori ko‘rsatkich Ulug‘nor tumanida 21,5 birlik, Xo‘jaobod tumanida 14,8 birlik, Andijon shahrida 14,0 birlik, Bo‘ston tumanida 13,9 birlik va Xonobod shahrida 10,0 birlikka yetdi.
07/11/2023 • So'nggi yangiliklar
2023-yilning yanvar-sentabr oylarida hududlar kesimida yangi qurilish ishlari bo‘yicha yuqori hajm, Andijon shahrida (1 274,6 mlrd. so‘m), Andijon tumanida (374,6 mlrd. so‘m), Shahrixon tumanida (294,8 mlrd. so‘m) va Oltinko‘l tumanida (236,0 mlrd. so‘m) qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-sentabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 25,9 %ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi kichik korxonalar bolib, 14,0 %ni tashkil qildi.
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida metallurgiya sanoati 48,3 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqariladigan sanoat hajmining 0,1% ni tashkil etdi.
218-sahifa 383 dan



