So'nggi yangiliklar

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2023-yil yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 283,9 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,7% ini) tashkil etadi.

Tashkiliy-huquqiy shakl deganda, subyekt tomonidan mulkning biriktirilishi, shakllantirilishi va undan foydalanish usuli hamda uning bundan kelib chiquvchi huquqiy holati va faoliyat maqsadi tushuniladi.

2023-yilning yanvar-avgust oyida viloyatning barcha hududlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Respublikamizda 2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, xorijiy investitsiya ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 17 735 ta bo‘lib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,2 barobarga oshgan.

2023-yil yanvar-avgust oylarida 27,2 mln AQSh dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,8 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 3,5 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-avgust oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 619,6 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 123,1 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar-iyun oylarida, avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 96,8 % ni tashkil etib, 2022-yil yanvar-iyun oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 102,3 % ni tashkil qildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida fuqarolik obyektlarini qurish bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,2 % punktga kamayib, 88,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish sanoatining jami ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,7 % ni, fizik hajm indeksi 116,9 % ni hamda ishlab chiqarish hajmi 271,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Joriy yiling 10-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘ribosari D. Yangiyev hamda Oltinko‘l tumani statistika bo'limi mas’ul xodimi bilan birgalikda Oltinko‘l tumanida 5-narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvlarining nazorati bo'yicha joylashgan dislokatsion nuqtalarda kuzatuvlar olib borildilar.

2023-yil 10-oktabr kuni Аndijon viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi B. Izbosorov tomonidan Oltinko‘l tumani Qo‘shtepa mahalla fuqarolar yig'inida xonadonlar raqamlanish holati hamda nomi o‘zgargan ko‘chalarga yangi nom belgilarini o‘rnatish  jarayoni o‘rganildi.

Joriy yiling 10-oktabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘ribosari D. Yangiyev hamda Oltinko‘l tumani statistika bo'limi mas’ul xodimi bilan birgalikda Oltinko‘l tumanida 5-narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvlarining nazorati bo'yicha joylashgan dislokatsion nuqtalarda kuzatuvlar olib borildilar.

2023-yilning yanvar-sentabr oylarida 10 277 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari AQSHga turistik maqsadlarda safarga chiqqan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 300,3 mln. dona tuxum (2022-yilning yanvar-iyunga nisbatan 100,1 % ga ko‘p) yetishtirildi.

Respublikamizda 2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, xorijiy investitsiya ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 750 tani, shundan qo‘shma korxonalar 4 833 ta va xorijiy korxonalar 7 917 tani tashkil etdi.

2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonaning 3,2 foiz ulushini tashkil etdi.

Viloyat bo‘yicha 2023-yilning yanvar-avgust oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 987,5 mlrd so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 103,6 % ni tashkil etdi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Qirg‘iz Respublikasi (56,3 %), Rossiya Federatsiyasi (31,1 %), Qozog‘iston (7,9 %), Latviya (2,2 %) hamda Turkiya (1,5 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.