12/12/2023

Joriy yilning 12-dekabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari M.Yusupov va Izboskan tumani statistika bo‘limi mas’ul xodimi bilan birgalikda Izboskan tumanida INI 12-narx (iste'mol) oylik kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha tumandagi belgilangan xizmat ob'yektlarida kuzatuv o'tkazdilar. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

 

Qolaversa, kelgusida narx kuzatuvini sifatli oʻtkazish bo’yicha registratorga tegishli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech