07/12/2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon viloyat statistika boshqarmasida mehnat qilayotgan yosh va salohiyatli mutaxassislarni viloyatimizdagi yirik sanoat korxonalariga ekskursiyalar tashkil etish yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, joriy yilning 7-dekabr kuni Andijon viloyat statistika boshqarmasi yosh xodimlari Andijon shahridagi "BOBURBEK TEKSTIL" mas`uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

 

Ekskursiya davomida xodimlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar oldilar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech