So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 18-29-sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Statistika boshqarmasi tomonidan “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida chuqurlashtirilgan darajadagi o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 28–29-sentabr kunlari jurnalist va blogerlar uchun data-jurnalistika va ochiq ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan amaliy trening bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning yanvar-avgust oylari yakuniga ko‘ra, mashina va asbob uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarishning jami sanoatdagi ulushi 0,6 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 21,8 % ga oshgan va ishlab chiqarish hajmi 238,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 28-29-sentabr kunlarida Statistika agentligining mas’ul xodimi O. Siddiqov va Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M. Yusupovlar viloyatning barcha hududlarida 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvi jarayonlarida qatnashdilar. 

2023-yil 1-sentabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar 2019-yilning mos davriga nisbatan 84,8 foizni tashkil etdi. Ushbu xizmatlar sohasi tahlili shuni ko‘rsatdiki:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-avgust oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 892,1 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 16,0 % ga oshgan. 

2023-yilning yanvar-avgust oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 11 936,8 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-avgust oyiga nisbatan 106,1 % ga oshdi. 

Joriy yilning  3-oktabr kuni Saudiya Arabistoni Qirolligining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qoʻmitasining 12-sessiyasi boshlandi.

Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-avgust oylarida eksportyorlar soni 369 taga yetdi va ular tomonidan 781,8 mln. AQSh dollari qiymatidagi (2022-yilning mos davriga nisbatan 3,4 % ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi.

2023-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, asosiy faoliyat turi tashish va saqlash bilan bog‘liq bo‘lib, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 940 birlikni, yoki ular umumiy sonining 3,2 % ini tashkil etdi. Ulardan 929 birlik (98,8 %) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

2023-yilning yanvar-avgust oylarida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 2,8 % ni tashkil etib, 2022-yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,9 % punktga ko‘paydi.

Joriy yilning 29-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va Qirg‘iz Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi vakillari o‘rtasida videokonfrensaloqa tashkil etildi.

2023- yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, jami sanoat mahsulotlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 3,9 % ni, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 12,3 % ga kamaydi va ishlab chiqarish hajmi 1 622,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2023-yil 25-sentabr kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti D. Rasulov tomonidan Andijon shahar A.Yassaviy MFYning hodimlari xamda aholi o‘rtasida seminar tadbiri o‘tkazildi.

Joriy yilning 26–28- sentabr kunlari Latviyaning Riga shahrida Yevropa Komissiyasi statistika xizmati Yevrostat tomonidan Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (EFTA) va BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) bilan birgalikda Yevropa Qo‘shnichilik Siyosati dasturi doirasida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun statistika idoralarining “Statistika tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida yuqori darajadagi seminar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-avgust oylari yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 0,9 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 100,7 % ni va ishlab chiqarish hajmi 360,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 81,1 ming tonna go‘sht (2022-yilning yanvar-iyunga nisbatan 103,1 % ga ko‘p), 360,2 ming tonna sut (103,3 % ga ko‘p), 300,3 mln. dona tuxum (100,1 % ga ko‘p) va 4 448,5 tonna baliqchilik (109,5 % ga ko‘p) ovlandi.

Andijon viloyatida 2022/2023-o‘quv yili boshida texnikumlar soni 16 tani tashkil etdi, 2021/2022-o‘quv yili boshiga nisbatan 4 taga kamaygan.