So'nggi yangiliklar

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-dekabr oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 40,3 ming tonna paxtadan yigirilgan ip mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 51 506,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning mos davriga nisbatan 108,7 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 70,0 % ni tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga koʻra, tashish va saqlash tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 5,6 % ni tashkil etgan.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan 145,7 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Joriy yilning 21-fevral kuni Marhamat tumani statistika bo‘limi boshlig‘I J.Abdukarimov tomonidan Marhamat tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazilmoqda. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 

Joriy yiling 21-fevral kuni Andijon viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi boshlig‘i M.Zokirov va  Andijon viloyati statistika boshqarmasi Narx statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Qodirov hamda Marhamat tumani statistika bo‘limi boshlig’i Abdukarimov Jaloliddin Matkarimovich bilan birgalikda 5-narx (o‘rtacha) haftalik kuzatuvlarining nazorati bo‘yicha joylashgan dislokatsion nuqtalarda kuzatuvlar olib bordilar.

Andijon viloyatida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 300,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Xo‘jaobod tumanida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida savdo sohasidagi o‘rtacha  ish haqi 2 351,6 ming so‘mni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida, Qo‘rg‘ontepa tumanida jami 321,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Axborot va aloqa sohasidagi o‘rtacha ish haqi 7 572,8 ming so‘mni tashkil etdi.

 

Andijon viloyatida 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 215,1 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirildi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 696,8 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirildi.

Tahliliy maʻlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, soʻngi 5 yilda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida jami 61,1 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilgan

Respublikamizda 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 19 152 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

Joriy yilning 20-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlar boʻlimi” xodimlari uchun Milliy hisoblar tizimi, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va ularni shakllantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

2023-yil yakunlari boʻyicha yillik 1-kb shakli va 1-fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini taqdim etishda uslubiy yordam berish maqsadida, Statistika agentligi tomonidan “On-line” muloqot tashkil etiladi.

2023-yilning yanvar-dekabr oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 106 363,8 mlrd. soʻmni tashkil etgan.