27/02/2024

    2024-yilning yanvar oyida taʼlim sohasidagi xizmatlar hajmi 1 413,2 mlrd. soʻmni yoki koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,6 % ini tashkil etgan.

    Bu koʻrsatkich 2023-yilga nisbatan 22,2 % ga oʻsgan.

    Taʼlim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy taʼlim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, 2024-yilning yanvar oyida ularning ulushi 55,4 % ni tashkil etgan.