21/02/2024

    Andijon davlat pedagogika institutida “Aholini ro`yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
 

    Seminarda Andijon davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor – B.Sirojidinov hamda statistika boshqarmasi mutaxassislar va talabalar ishtirok etishdi.

    Seminar davomida respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.

    Shuningdek, 2024 yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilinishi munosabati bilan aholi o‘rtasida ro‘yxatga olish tadbirini nechog‘lik muhimligi va uni o‘tkazishga yoshlar, fuqarolar hamda tadbirkorlarning o‘zlari ham qatnashish imkoniyatiga ega ekanligi to‘g‘risida takidlab o‘tildi.

    Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.